Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida yaşovçi fermer norozilik sifatida tuman hokimligi binosi oldiga çorva mollarini haydab kelgani haqida xabarlar tarqaldi.
Xabarlarda, fermer xorijdan zotdor mol olib kelganini, yetarliça yer ajratilmagani uçun mollari oç qolgani, mas’ullar esa uning murojaatlariga e’tibor berişmayotgani uçun şunday yöl tutişga majbur bölganini aytgan.
Viloyat IIB axborot xizmati hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Unda aytilişiça, hodisa 2023 yil 27 fevral kuni sodir bölgan. Fuqaro J.P. akasiga tegişli çorva mollarini Ğuzor tuman hokimligi ma’muriy binosi oldiga haydab kelgan.
«Fuqaroning xatti-harakati yuzasidan Ğuzor tuman IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borildi. Fuqaro jamoat joyida yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan qilgan mazkur xatti-harakatlari bilan MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan», deyiladi munosabatda.
Qayd etilişiça, mazkur huquqbuzarlik yuzasidan töplangan hujjatlar Jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudiga yuborilgan.
Sudning 2023 yil 3 martdagi qaroriga köra huquqbuzar J.P.ga yetti sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib ötamiz, 2022 yil 3 oktyabr kuni Ğuzor tumanidagi “Ğuzor quduq çorva” fermer xöjaligi raisi Hamza Toştemirov çorva fermer xöjaligida yer maydoni mavjud emasligi va ozuqa mahsulotlari yetişmovçiligi tufayli “Xalq banki” Ğuzor tumani filiali binosi oldiga çorva mollarini haydab borgan. Öşanda unga sud qarori bilan BHMning ikki barobari miqdorida jarima tayinlangandi.












