8 mart tarixi haqida qisqaça
Xalqaro xotin-qizlar kunining nişonlanişi tarixi 1908 yilga borib taqaladi. Şu yili Nyu-Yorkda 15 ming ayol xotin-qizlarga yaxşiroq maoş, qisqa iş kuni va ovoz beriş huquqini talab qilib namoyiş ötkazişgan edi. Namoyişlardan bir yil ötib Amerika sotsialistik partiyasi birinçi marta milliy ayollar kuni sanasini e’lon qiladi.
Xalqaro miqyosda ayollar sanasini nişonlaş taklifi 1910 yilda ayollar huquqlari faoli Klara Zetkindan çiqadi. U Kopengagenda bölib ötayotgan xalqaro ayollar konferensiyasida buni taklif qiladi va 17 davlatdan vakil bölgan 100 faol ayol Klara Zetkinning taklifini ma’qullaydi.

Şunday qilib Xalqaro ayollar kuni 1911 yilda birinçi marta Avstriya, Daniya, Germaniya va Şveytsariyada nişonlanadi. BMT tomonidan esa xalqaro miqyosda rasmiy sana sifatida 1975 yilga kelibgina e’tirof etiladi. 1996 yildan boşlab har yili 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami alohida bitta şior bilan nişonlana boşlanadi. Öşa yilgi şior “Ötmişni nişonlaş va kelajakni rejalaştiriş” deb nomlangan edi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni ayollar şu paytgaça jamiyatda, siyosat va iqtisodda qanday yutuqlarga erişganini bayram qiliş sanasiga aylandi. Şu bilan birga hali-hanuz saqlanib turgan ular bilan boğliq muammolarni yana bir bor eslatiş va esdan çiqarmaslik uçun ham bu sana alohida ajratiladi.
Bu yilgi bayram şiori qanday?
BMT bu yilgi sana uçun “Hamma narsani raqamlaştiriş: Innovatsiya va texnologiyalar gender tengligi uçun” şiorini tanladi. Maqsad: xotin-qizlarning onlayn ta’lim va texnologiyalar rivojiga qöşayotgan hissasini tan oliş va nişonlaşdan iborat.

Qolaversa, şior bilan raqamli gender tengsizligi muammolari ham örganiladi. Ayni paytda dunyodagi ayollarning 37 foizi internetdan foydalanmaydi. Raqamli texnologiyalar vazirligi ma’lumotiga köra, Özbekistonda xotin-qizlarning 87 foizi internetdan foydalanadi, 23 foizida onlayn böliş imkoni yöq. BMTning baholaşiça, ayollarda internetda onlayn böliş imkoni yetarliça bölmagani sabab 2025 yilgaça past va örta daromadli mamlakatlar öz YaIMlarining 1,5 trln dollarini yöqotişlari mumkin.


















