Kun.uz muxbiriga xabariga köra, prezident davlat mukofotlariga loyiq körilgan ayollarni e'tirof etib ötdi.

 “Har yili uşbu qutluğ sana arafasida öqişda, işda, jamoat işlarida, özining iste'dod va qobiliyatini namoyon etişda dastlabki yutuqlarga erişgan iqtidorli qizlarimizga Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari beriladi. Bugun ana şunday qizlarimiz qatoriga yana 28 nafar iqtidorli yoşlarimiz qöşilmoqda. Ta'kidlaşim kerak, ular öz iste'dodlari bilan bu mukofotga loyiqligini isbotladilar. 

Ayni vaqtda, bugungi bayram arafasida köp yillar davomida öz sohasida katta natijalarga erişgan, davlat va jamiyat hayotida faol iştirok etib kelayotgan opa-singillarimizdan 297 nafari “Mötabar ayol” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Men bir narsaga e'tibor qaratmoqçiman – bugun mukofotga loyiq körilganlarni tabriklar ekanmiz, ularni tarbiya qilgan buyuk ayolni, Özbekiston ayolini unutmasligimiz kerak, muqaddas ayolni e'tirof etişimiz lozim. Farzandlarga mukofot beriş töğri albatta, lekin onalarni, mehr bergan otalarni ham unutmasligimiz kerak”, – deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.