“Hozirgi vaqtda mamlakatimiz boşqaruv tizimida ayollarning uluşi 33 foizga yetdi. Yurtimiz böyiça bir yarim mingga yaqin xotin-qizlar turli darajadagi rahbarlik lavozimlarida işlamoqda. Xususan, taşkilotçi va taşabbuskor opa-singillarimiz 6ta tumanda hokim vazifasida, yuzlab hududlarimizda örinbosar va maslahatçi lavozimlarida samarali faoliyat körsatmoqda. 

Ana şunday katta salohiyatni oşiriş, davlat va jamiyat boşqaruvida ularning iştirokini kuçaytiriş maqsadida, 6 mingdan ziyod faol xotin-qizlardan iborat kadrlar zaxirasi şakllantirildi. 

Muammolar böyiça manzilli iş olib boriş uçun mutlaqo yangi tizim – “Ayollar daftari”ni joriy etdik. Keyingi 3 oyda respublika komissiyasi tomonidan uşbu “daftar”ga kiritilgan 80 ming nafar xotin-qizning muammolari hal etildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmuş şaroiti oğir ayollarning 32 ming nafari iş bilan ta'minlandi. Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasi mablağlari hisobidan salkam 17 ming nafar xotin-qizga amaliy yordamlar körsatildi. 

Ayol farzandi baxtli bölsa, asl baxtni his etadi. Birgina “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion sömdan ziyod kredit mablağlari ajratildi. Deyarli 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan öqitildi, hunarmandçilik va kasanaçilikka jalb etildi. “Beş muhim taşabbus” doirasida çekka hududlarda tikuvçilik sexlari taşkil etilib, 10 ming nafar ayollar bandligi ta'minlandi.

Uy-joy sotib oliş uçun 1 250 nafar opa-singillarimizga qariyb 22 milliard sömlik boşlanğiç badallar tölab berildi.

Joriy yilda ham uşbu xayrli işlar davom ettiriladi va bu borada kuni keça yangi qarorni imzoladim. Unga köra, jamiyatda ayollarimizga bölgan e'tiborni eng quyi böğingaça, mahallagaça tuşirib, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaşning yaxlit tizimi yaratilmoqda. Bundan buyon Özbekistonda biror ayol davlat va jamiyatning e'tiboridan çetda qolmaydi”, – deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.