Afğonistondagi ayollar ta’lim oliş imkoniyatidan bosqiçma-bosqiç mahrum qilinmoqda.   

“Tolibon” harakati 20 dekabr kuni afğon ayollariga universitetlarda öqiş taqiqlanganini ma’lum qildi. Ta’lim vazirligi bayonotiga köra, ayollarning universitetlarga kirişiga çeklov zudlik bilan va muddatsiz kuçga kiradi.   

Ötgan yili “Tolibon” qizlar örta maktablarning katta sinflarida öqişini taqiqlagan edi.

Uç oy oldin Afğoniston oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari bölib ötdi, öqişga kirganlar orasida minglab yoş ayollar ham bor edi. Biroq ular örganişi mumkin bölgan fanlar va kasblar çegaralangandi: veterinariya, muhandislik, iqtisod va qişloq xöjaligi ayollar uçun taqiqlandi, jurnalistikaga esa qattiq çeklovlar qöyildi.   

21 dekabr kuni poytaxt Kobulda ba’zi ayollar norozilik namoyişlari ötkazdi.   

“Bugun biz qizlar universitetlarining yopilişiga qarşi bölib, Kobul köçalariga çiqyapmiz”, dedi Afğoniston ayollari birdamlik guruhi a’zolari.   

Biroq kiçik namoyişlar rasmiylar tomonidan tezda bostirildi.

“Tolibon” bu bilan özgarmaganini yana bir bor isbotladi. Ular ayollarning ta’lim va ijtimoiy hayotda iştirokini çeklaşdek qattiq taqiqlarni joriy qildi. Xalqaro jamoatçilik bunga jiddiy e’tibor berişi kerak”, deydi afğonistonlik talaba qizlardan biri.    

Nangarhar universitetining tibbiyot yönalişi talaba yigitlari toliblarning bu qaroridan noroziligini ifodalab, ayollarga birdamlik sifatida imtihonlarni boykot qildi. Ular “Tolibon”dan afğon ayollarini universitetga qaytarişni talab qilib, imtihonlardan çiqib ketişgan.  

Afğon yozuvçisi va inson huquqlari faoli Şafiqa Khpalvak qizlarga ta’limni taqiqlaşni insoniyatga nisbatan jinoyat deb