Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya bankirlari Putinning do‘stiga tegishli pullar tufayli qamalishi mumkin
Tsyurixda Putinning qizlaridan biriga yaqin shaxs - Sergey Rolduginga tegishli bank hisobraqamlari bo‘yicha sud boshlandi. Bank xodimlari pul kimga tegishli ekanligini tekshirmaganlikda ayblanmoqda.
Sergey Roldugin va Vladimir Putin
Shveytsariyaning Tsyurix shahrida 8 mart, chorshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin shaxsning mablag‘lari bo‘yicha sud jarayoni boshlandi. Prokuratura «Gazprombank»ning Shveytsariyadagi shu’ba korxonasi to‘rt nafar xodimini Moskvada «Putin hamyoni» deb atalgan rossiyalik musiqachi Sergey Rolduginning hisoblarini tegishli tekshiruvlarsiz ochib, boshqarganlikda ayblamoqda.
Ish materiallariga ko‘ra, bank xodimlarining Roldugin shunchaki niqob sifatida ishlatiladigan shaxs ekanligiga va pul aslida unga tegishli emasligiga ishonish uchun yetarli asosi bo‘lgan. «Mavjud bo‘lgan barcha dalillar Sergey Roldugin mulkning haqiqiy benefitsiari bo‘lmaganini ko‘rsatmoqda», — dedi prokuratura vakili, hisoblarda 30 million Shveytsariya franki borligini ta’kidlab. Bildirilishicha, bu miqdor musiqachiga tegishli bo‘lishi mumkin emas.
To‘rt sudlanuvchi barcha ayblovlarni rad etib, oqlov hukmini talab qilmoqda. 2014 yilda Tsyurixdagi «Gazprombank» filialida ikkita hisobraqami ochilgan, uning benefitsiari violonchelchi Sergey Roldugin bo‘lib, OAV xabarlariga ko‘ra, u Putin qizlaridan birining cho‘qintirgan otasi hisoblanadi. Roldugin sanksiyalar ro‘yxatiga o‘tgan yil fevral oyi oxirida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan ko‘p o‘tmay kiritilgan edi.
Shveytsariyada qonun bo‘yicha banklar biznes sherikning shaxsidan gumonlanish uchun jiddiy asoslar mavjud bo‘lgan hollarda biznes aloqalarini rad etishlari yoki tugatishlari shart. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, sudlanuvchilar zarur tekshiruvni o‘tkazmagan va hisoblarni 2016 yil sentabrigacha ochiq qoldirishgan.
Mavzuga oid
17:41 / 25.04.2026
Shveytsariyada Gulnora Karimova ustidan sud boshlanmoqda
19:32 / 01.04.2026
Shveytsariya Markaziy Osiyo uchun 200 mln dollarlik dasturni ishga tushirdi
12:43 / 13.02.2026
Shveytsariya aholi soni chegarasi bo‘yicha referendum tayyorlamoqda
21:32 / 12.02.2026