Tbilisidagi parlament binosi oldida 10 mingga yaqin odam töplandi, deb xabar berdi Paper Kartuli. Bu «Xorijiy agentlar» qonuniga qarşi ommaviy norozilik namoyişlarining ikkinçi kuni. Muxbirning xabar berişiça, namoyişçilar olomoni tört kvartalga çözilgan, Rustaveli şoh köçasi tösib qöyilgan. 

Batumi şahrida ham norozilik aksiyasi bölib ötmoqda. Xabarga köra, mingga yaqin kişi universitet binosi yonida töplangan, ularning aksariyati talabalar. 

7 mart kuni Gurjiston parlamenti «xorijiy agentlar» haqidagi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Bundan norozi bölgan odamlar keçqurun bino yaqinida töplandi. Yakunda namoyişçilar politsiya bilan töqnaşdi. Kuçişlatar tuzilma vakillari olomonga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz va suv purkagiçlarni işlatdi. Söngra 66 nafar namoyişçi hibsga olingan edi. 

8 mart kuni ötkazilgan namoyişda muxolifat vakili Georgiy Vaşadze hukumatga ikkita şart qöydi. 

«Rossiya» qonuni («Xorijiy agentlar» haqidagi qonun nazarda tutilmoqda) zudlik bilan parlamentdan qaytarib olinişi va keça qölga olinganlar ozod etilişi şart», dedi u. Mamlakat rahbariyatiga 1 soat vaqt beramiz, aks holda «boşqa çoralarni köramiz», deb qöşimça qildi u.