Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:02 / 10.03.2023
10015
1 daqiqa o‘qiladi
Sanatoriyga davolanish uchun yo‘llanmalar qaysi toifadagi shaxslarga berilishi aytildi
Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar qaysi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilishi ma’lum qilindi.
Foto: uzbek-travel.com
"Davlat xizmatlari yangiliklari" kanalida yozilishicha, sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar qator shaxslar toifasiga bepul beriladi.
Ular quyidagilar:
- urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
- halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
- I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
- yoshga doir pensiya oluvchilar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:42 / 02.02.2026
Mehnat migrantlari oilalariga sanatoriylarga bepul yo‘llanma beriladi
18:04 / 05.11.2025
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
07:38 / 02.09.2025
O‘shda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligida sanatoriy yangi binosi quriladi
17:47 / 15.10.2024