Amerikaning Humane kompaniyasi odamlarning smartfonlar bilan özaro munosabatini özgartira oladigan qandaydir yangi qurilmani taqdim etişga tayyorlanmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal. 

Taxminlarga köra, bu taqiladigan qurilma bölib, displeyni, ehtimol foydalanuvçining qöliga proyeksiya qila oladi. Şuningdek, atrofdagi narsalarni taniy oladigan ovozli boşqaruvga ega kamera ham borligi aytilmoqda. Uni atrofdagi narsalarga qaratib «bu qanday markadagi maşina», «bu qanday bino», «bu kiyim menga mos keladimi» kabi savollarni beriş mumkin. 

Humane kompaniyasi Microsoft va OpenAI bilan hamkorlikda qurilma ustida işlamoqda. Şuning uçun, ChatGPT qurilmaga qandaydir tarzda örnatilgan bölişi mumkin. 

Humane kompaniyasiga beş yil avval Apple kompaniyasining sobiq rahbarlari: Imron Çaudri (interfeyslarni işlab çiqiş böyiça sobiq direktor), Betani Bonjorno (operatsion tizimlar böyiça sobiq direktor) va Patrik Geyts (sobiq katta texnik direktor) tomonidan asos solingan. Şuning uçun ham ayrim OAV yangi qurilmani iPhone «vorisi» va hatto «qotili» deb atamoqda.