Yashnobod tumanidagi maktab o‘qituvchisi jarimaga tortildi. U o‘quvchiga nima sabab qo‘l ko‘targanini ochiqlab, yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha munosabat bildirdi. Ayolning aytishicha, videodagi ayrim holatlar kesib tashlanib, ataylab tarqatib yuborilgan. «Hattoki o‘quvchining onasini chaqirib, «bolamning o‘zida ayb ekan, ustozni yomon so‘kibdi, kitob-daftari xam yo‘q ekan», deyishiga qaramasdan, majburlab ariza yozdirishdi», – deya yozgan ishdan bo‘shatilgan o‘qituvchi.

Voqea nimadan boshlandi?

«Milliy» telekanalining «Millar» dasturida Yashnobod tumanidagi 152-maktab sinf xonalaridan birining videokamerasida yozib olingan holat yuzasidan reportaj e’lon qilindi. Videoda ayol o‘qituvchining o‘quvchini kaltaklab, sinfdan chiqarib yuborgani aks etgan.

Dastur xodimiga ko‘ra bu holat 2 mart kuni 8-sinf o‘quvchisi bilan sodir bo‘lgan, keyinroq videoyozuv shaxsi sir saqlanishini istagan bir ona tomonidan telekanalga yuborilgan.

«Bu voqea 5-soat biologiya darsida sodir bo‘ldi. O‘qituvchi dars boshlamoqchi bo‘lgan, dars boshlangan vaqtda esa u o‘quvchimiz telefonini olib, yonidagi bolalarni suratga olishni boshlagan. O‘qituvchi ogohlantirib, telefonini olib qo‘yishni, jim o‘tirishni aytganida ham o‘quvchi davom etavergan.

Keyin o‘qituvchi borib, bolaning telefonini olib qo‘ygan. O‘qituvchi dars o‘taman deganida yana to‘polon qilgan. Pedagogimiz bolaga daftar-kitobini olishini aytganida, hech narsasiz kelganini aytgan. So‘ng o‘qituvchining jahli chiqib, qo‘l ko‘tarib yuborgan. Chunki bola o‘qituvchini yomon so‘zlar bilan haqorat qila ketgan. Keyin darsdan chiqib ketgan u bola», – deya ta’kidlagan dasturda intervyu bergan maktab xodimi.

Ko‘rsatuvda surishtiruv ishlari sabab o‘qituvchi va o‘quvchidan intervyu olinmagani qayd etilgan.

O‘qituvchi jarimaga tortildi

Qayd etilishicha, shundan so‘ng mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida ko‘rib chiqilgan va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi