13 mart kuni tongda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Folker Tyurk boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga taşrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmon I.Karimov nomidagi “Toşkent” xalqaro aeroportida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Taşqi işlar vazirligi rahbariyati tomonidan kutib olindi.

Folker Tyurk taşrif davomida Inson huquqlari böyiça Özbekiston Milliy markazi, Oliy sud, Boş prokuratura, Içki işlar va Adliya vazirliklari rahbariyati, Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) bilan uçraşuv ötkaziş rejalaştirmoqda.

Şuningdek, BMT vakili Qoraqalpoğiston Respublikasiga ham boradi.