Taşrif doirasida Özbekiston vakillari Eron prezidenti Ibrohim Raisiy tomonidan qabul qilindi. Eron taşqi işlar vaziri Husayn Abdullahiyon, yöllar va şaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrpoş, sanoat, konlar va savdo vaziri, Özbekiston-Eron hukumatlararo komissiyasi hamraisi Rizo Fotemi-Amin bilan uçraşuvlar bölib ötdi.

Muzokaralarda siyosat va diplomatiya, savdo va investitsiyalar, transport va logistika sohalarida Özbekiston-Eron hamkorligini mustahkamlaş istiqbollari körib çiqildi. Tomonlar joriy yili ötkazilişi rejalaştirilgan qöşma tadbirlarga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildilar. Iqtisodiy diplomatiyani faollaştiriş yölida Özbekiston va Eronning transport-kommunikatsiya imkoniyatlaridan samarali foydalaniş yuzasidan fikr almaşildi.

Tehronda Eronning yirik kompaniyalari rahbarlari iştirokida biznes-forum taşkil etilib, unda farmatsevtika, tibbiy asbob-uskunalar va quriliş materiallari işlab çiqariş, kimyo va töqimaçilik sanoati, qişloq xöjaligi sohalarida qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Taşrif doirasida Özbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) Boş kotibi Xusrav Noziriy bilan ham uçraşuv ötkazdi. Muzokaralarda IHT makonida mintaqaviy hamkorlikning turli jihatlari körib çiqildi.