Prezidentga köra, 2022 yilda işga tuşgan “Zarçob-1” va “Zarçob-2” GESlarida yiliga 201 million/kilovatt soat elektr işlab çiqarilmoqda. Bugun işga tuşadigan “Töpalang GES”da yiliga yana 467 million/kilovatt soat elektr işlab çiqariş qöşiladi.
Şuningdek, davlat rahbari viloyatda:
• oilaviy tadbirkorlik dasturlari uçun berilgan 1,1 trillion sömga qöşimça 200 milliard söm ajratiş;
• Jarqörğon tumanidagi Biznes va yengil sanoat hamda Uzun tumanidagi Qişloq xöjaligi texnikumlari böş binolarida 1 ming öquvçi örniga ega monomarkazlar taşkil qiliş;
• bu monomarkazlarga Turkiya, Yaponiya va Germaniyadan 10 nafar tajribali mutaxassislarni olib kelib, zamonaviy kasblarga öqitişni yölga qöyiş böyiça mas’ullarga topşiriq berdi.
“Lekin bu juda kam. Uluğbek Qosimov viloyat klasterlari bilan birga, 1 iyulga qadar 118 ta oğir mahallada kasanaçilik loyihalarini boşlab, 10 ming aholini band qiliş majburiyatini oladi”, dedi Şavkat Mirziyoyev.












