Angliyaning Suonsi universiteti tadqiqotçilari ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni kuniga 15 daqiqaga qisqartiriş umumiy salomatlik va immunitetni sezilarli darajada yaxşilaşini aniqladi. Bundan taşqari, odamlarda yolğizlik va depressiya tuyğularining körsatkiçi pasaydi. Tadqiqot natijalari Journal of Technology in Behavior Science jurnalida çop etildi. 

Tadqiqot davomida mualliflar uç oy davomida 20-25 yoşdagi 50 iştirokçini (33 ayol va 17 erkak) kuzatdilar. Har oyda ularning jismoniy va ruhiy salomatligi, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarni körişga qança vaqt sarflagani tahlil etildi, keyin esa odatdagi vaqtini kuniga 15 daqiqaga qisqartiriş söraldi. Olingan ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlardan odatdagidek foydalangan yoki ataylab boşqa biror narsa bilan şuğullangan nazorat guruhining ma’lumotlari bilan taqqoslandi. 

Natijalar şuni körsatdiki, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişni kamaytirgan guruhning immuniteti örtaça 15 foizga yaxşilangan. Xususan, ular şamollaş va grippga kamroq çalingan, uyqu sifati 50 foizga yaxşilangan va depressiya belgilari 30 foizga kamaygan. 

Kelajakda tadqiqotlar orqali ijtimoiy tarmoqlardan foydalaniş va salomatlik omillari örtasidagi boğliqlikni çuqurroq tahlil qiliş rejalaştirilmoqda. Jumladan, bu ruhiy tuşkunlik yoki jismoniy faoliyat kabi körsatkiçlar bilan boğliqligini aniqlaşni öz içiga oladi.