Kiyev rossiyalik askarlarni 4 yoshli bolaga nisbatan jinsiy tajovuzda aybladi
Ukraina prokuraturasiga ko‘ra, ikki nafar rossiyalik harbiy ayolni qurol tahdidi ostida zo‘rlagan va uning to‘rt yoshli qizini tahqirlagan.

Foto: Shutterstock
Ukraina prokuraturasi ikki nafar rossiyalik harbiyni to‘rt yoshli qizchaga jinsiy tajovuz qilganlikda va uning onasini guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda aybladi, deb xabar berdi Reuters 14 mart, seshanba kuni prokuratura hujjatlariga tayanib. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 13 mart kuni Kiyev viloyatining Brovari shahrida mast rossiyalik harbiy xizmatchilar «yosh oila yashaydigan uy hovlisiga bostirib kirib, erkakni kaltaklagan, so‘ng uning xotinini qurol tahdidi ostida zo‘rlagan. Shundan so‘ng, askarlardan biri to‘rt yoshli qizchani tahqirlagan, deyiladi prokuratura hujjatlarida.
Ukraina tomoniga ko‘ra, ikkala ayblanuvchi ham 32 va 28 yoshli snayperlar bo‘lgan. Ularning kattasi, prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘ldi, kichigi esa Rossiyaga qaytgan. Uning ismi Yevgeniy Chernoknijniy, deb xabar berdi prokurorlar Reuters agentligiga. Agentlik uning raqamini onlayn ma’lumotlar bazalarida topdi. Reuters jurnalistining telefon qo‘ng‘irog‘iga o‘zini Chernoknijniyning akasi deb tanishtirgan shaxs javob berdi. «U vafot etdi. U bilan bog‘lanishning iloji yo‘q», - deb javob berdi erkak yig‘lab, deya yozadi Reuters. Orenburgdagi Orenday nashri o‘tgan yilning aprel oyida 27 yoshli snayper Yevgeniy Chernoknijniyning o‘limi haqida xabar bergan edi.
Oilaga qilingan hujumdan so‘ng rossiyalik harbiylar qo‘shni uyga bostirib kirgan va u yerda, tergov materiallariga ko‘ra, 41 yoshli homilador ayol va 17 yoshli qizni kaltaklagan va zo‘rlagan. Hujjatlarda aytilishicha, bir necha oila istiqomat qiladigan boshqa joyda askarlar hammani oshxonaga olib kirib, 15 yoshli qiz va uning onasini guruh bo‘lib zo‘rlagan. Barcha jabrlanganlar tirik, ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deb yozadi Reuters.
Ukraina prokuraturasi hujjatlariga ko‘ra, bu voqealar 2022 yil mart oyida Brovari tumanida Rossiyaning 15-alohida motoo‘qchilar brigadasi harbiy xizmatchilari tomonidan sodir etilgan zo‘rlashlar seriyasining bir qismidir. Ushbu harbiy qism BMT, YeXHT, ShHT va MDH shafeligida tinchlikparvarlik missiyalarida ishtirok etish uchun tashkil etilgan.
Ukraina tomonining da’vo qilishicha, rus askarlari Kiyevni egallashga bo‘lgan muvaffaqiyatsiz urinishdan bir necha kun o‘tib Brovariga kirgan. Hujjatlarda aytilishicha, shaharda ular talon-toroj qilish bilan shug‘ullangan va aholini qo‘rqitish uchun qasddan taktika sifatida jinsiy zo‘ravonlik ishlatishgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Reuters agentligining izoh so‘roviga javob bermadi. Rossiyaning 15-alohida motoo‘qchilar brigadasining telefon raqamlari ishlamagan. Brigadaga kirgan, Samara garnizonining ikki zobiti bo‘linma bilan bog‘lanish uchun aloqa raqamlarini taqdim etmagan va ulardan biri agentlikka bu aloqalar maxfiy ekanligini aytgan.
Mavzuga oid

18:50
«Vladimir, to‘xta!» - Tramp Rossiyaning Kiyevga zarbasi haqida

15:26
Rossiya qo‘shini Kiyevga raketa zarbasi yo‘lladi. Qurbonlar bor, o‘nlab kishilar yaralangan

13:55 / 19.04.2025
Moskva va Kiyev halok bo‘lgan askarlarning jasadini almashdi

08:57 / 15.04.2025