Şavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilziladan söng prezident Rajab Toyyib Erdöğan boşçiligida olib borilayotgan tezkor çora-tadbirlarni, jumladan, aholi uçun yuz minglab yangi uy-joylar quriş va infratuzilmani tiklaş böyiça ğoyat muhim reja va dasturlarni alohida e’tirof etib ötdi.
“Zudlik bilan amalga oşirilgan aniq va samarali tadbirlar tufayli köplab odamlarning hayoti va soğliği saqlab qolindi, katta miqdordagi mablağlar jamlanib, keng kölamli qayta tiklaş işlari boşlandi. Bir söz bilan aytganda, hozirgi sinovli davrda qardoş turk xalqi özining beqiyos jasorati va mardligi, metin irodasi va yuksak safarbarlik ruhi bilan Turkiya yetakçisi atrofida jipslaşmoqda.
Barçamiz sizlarga madadkor bölib, zilzila oqibatida vayron bölgan şahar va qişloqlarni, ijtimoiy va sanoat obektlarini tiklaş va yangilarini barpo etiş işlariga bor kuçimizni yönaltirişga tayyormiz. Jumladan, biz zilzila markazlaridan biri bölgan va qutqaruvçilarimiz iş olib borgan Hatay viloyatining Ovakent hududidagi bunyodkorlik işlariga munosib hissa qöşiş niyatidamiz.
Biz barpo etmoqçi bölgan körkam uy-joylar, zamonaviy maktab va infratuzilma obektlari kelgusida tom ma’noda yaqin döstlik va birdamligimizning yorqin timsoliga aylanişiga aminman”, dedi Özbekiston prezidenti.

Bundan taşqari, talafot körgan hududlardan yoşi uluğ insonlar va nuroniylarning Özbekistonda soğliğini tiklaşi va dam olişlari, şuningdek, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Bahouddin Naqşband kabi buyuk ajdodlar qadamjolarini ziyorat qilişlari uçun barça qulay şart-şaroitlar yaratib beriladi. Bu guruhlarga Turkiya taşkilot Oqsoqollar kengaşi boşçilik qilişi taklif etildi.
“Şu bilan birga, biz bu yil yoz mavsumida Hatay yoşlarini ham Özbekistonga taklif etmoqçimiz. Ularning mazmunli hordiq çiqarişlari hamda qadimiy Samarqand, Buxoro va Xiva şaharlarini tomoşa qilişlari, ota yurtlarida öz tengdoşlari bilan qöşma tadbirlarni ötkazişlari uçun zarur barça işlarni amalga oşiriş niyatidamiz”, deya ma’lum qildi Şavkat Mirziyoyev.














