Sayyid Rahmatulloh Termiziy nomi bilan tanilgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov 15 mart kuni Toşkent şahridagi «Minor» masjidi imom-xatibi etib tayinlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Rahmatulloh domla Sayfuddinov oldin ham «Minor» masjidiga imom-xatiblik qilgan. 2021 yilning oktyabr oyida Toşkent şahar boş imom-xatibi lavozimiga tayinlangan domlaga «Minor» masjidi imom-xatibligi ham yuklatilgan edi.
2023 yilning yanvar oyi boşida Rahmatulloh domla Sayfuddinov öz arizasiga binoan Toşkent şahar boş imom-xatibi vazifasidan ozod etilgandi. Uning örniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Toşkent şahar boş imom-xatibi vazifasini bajaruvçisi etib tayinlangan.












