Din işlari böyiça qömita ijtimoiy tarmoqlarda diniy masalalar böyiça munosabat bildirişda demokratik tamoyillarni yodda tutişni hamda şaxsiy qaraşlarini ommaviy munosabat sifatida talqin qilmaslikni söradi.

«Afsuski, oxirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi mutaassib şaxslar, ayrim hollarda esa diniy soha vakillari tomonidan ham Özbekistonning din sohasidagi yagona davlat siyosatini notöğri tuşuniş va baholaş, yangiliklarni öz manfaatlariga moslab talqin qiliş, voqelikni börttirib körsatiş, insonlar fikrida noxolis munosabatni şakllantirişga bölgan urinişlar kuzatilmoqda.

Birinçidan, şuni unutmaslik kerakki, biz dunyoviy, huquqiy demokratik, köp millatli va turli konfessiyali jamiyatda yaşaymiz.

Ikkinçidan, «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunda heç qaysi dinga yoki diniy e’tiqodga boşqalariga nisbatan biror imtiyoz yoki çeklaşlar belgilanişiga yöl qöyilmasligi qat’iy belgilab qöyilgan.

Uçinçidan, turli millat va konfessiya vakillari istiqomat qiladigan jamiyatda qonun bilan örnatilgan va ijtimoiy kelişuv asosida tartibga solinadigan munosabatlarga qarşi har qanday turdagi nojoiz xatti-harakat, gap-söz va sa’y-harakat – turli dinlarga e’tiqod qiluvçi aholi orasida tuşunmovçiliklar yuzaga kelişiga hamda diskriminatsiya va turli muammolar kelib çiqişiga sabab bölişi mumkin», deyiladi qömita munosabatida.

Qömita qonun ustuvorligi haqida eslatgan rasmiy şaxslarga diniy soha vakillari turli munosabat bildirayotgani, Adliya vazirligi Özbekistonda diniy taşkilotlarni röyxatga oliş va qonunçilik talablariga rioya etilişini nazorat qiliş böyiça vakolatli organ ekanini ta’kidlagan.

Şuningdek, «Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida»gi qonunning beşinçi va yettinçi moddasi talablari eslatilgan.

«Qonunning beşinçi moddasida quyidagilar keltiriladi: fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qaraşlarni majburan singdirişga yöl qöymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bölgan öz huquqlarini amalga oşirişi uçun teng şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, jamoat tartibiga, Özbekiston Respublikasi fuqarolarining soğliği va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvçi diniy ğoyalar hamda qaraşlarning singdirilişi va tarqatilişiga qarşi kuraşiş qat’iy belgilab qöyilgan.