Xodimlarni bayram (işlanmaydigan) kunlari iş beruvçining farmoyişi böyiça işga jalb etişga faqatgina jamoa şartnomasida, agar u tuzilmagan bölsa, iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişib belgilangan asoslar böyiça yöl qöyiladi.

Işlab çiqariş-texnika şaroitlari va boşqa şaroitlarga köra işni töxtatib turiş mumkin bölmagan joylarda, aholiga xizmat körsatiş zarurati bölgan işlarda, şuningdek, keçiktirib bölmaydigan ta’mirlaş va yuk ortiş-tuşiriş işlarida bayram (işlanmaydigan) kunlari işlaşga yöl qöyiladi.

Dam oliş kunlari va bayram kunlaridagi işlar uçun kamida ikki hissa miqdorida haq tölanadi.