17 mart kuni ötkazilgan yiğilişda qilinişiça, sönggi yillarda 15 ta yangi gidro elektr stansiya işga tuşirilgani, 12 tasi modernizatsiya qilingani natijasida qöşimça 260 Megavattli quvvatlar yaratilgan. Bugungi kunda gidroenergetika quvvatlari 2,1 ming Megavattga yetib, yiliga 6,5 milliard kilovatt-soat elektr işlab çiqarilmoqda.
Şu bilan birga, gidroenergiya quvvatlarini 1 ming Megavattga oşiriş, xususiy sektor iştirokida 38 Megavattli 58 ta mikro GES quriş imkoniyati hisob-kitob qilingan.
Yiğilişda şu borada amalga oşirayotgan işlar töğrisida hisobot berildi. Bu yil «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati tomonidan kamida 7 milliard kilovatt-soat elektr işlab çiqarilişi ma’lum qilindi.
Mutasaddilarga Pskom, Norin, Töpalang daryolarida aniqlangan maydonlarda 36 ta örta va yirik GES loyihalaştiriş böyiça körsatmalar berildi. Şuningdek, xususiy sektor iştirokida 9 Megavattli 26 ta mikro GES barpo etiladi.

«Katta Andijon» kanalida 23 Megavattli 3 ta hamda Töpalang daryosida 16 Megavattli bitta GES quriş bilan boğliq masalalar körib çiqildi.
Joriy yilda tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1,7 ming Megavatt quyoş panellari örnatilişi rejalaştirilgan.
Xususan, qisqa vaqtda ijtimoiy sohada 62 Megavatt, tadbirkorlar tomonidan 23 Megavatt, aholi xonadonlarida 20 Megavatt quyoş panellari örnatilgani qayd etildi.
Yiğilişda bu boradagi işlarni jadallaştiriş, «yaşil energiya»ni rivojlantiriş böyiça tadbirkorlarning taklif va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş zarurligi ta’kidlandi.

















