Prezident poytaxt aholi uçun har tomonlama qulay şaroitga ega, çinakam ekologik şahar bölişi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Şu maqsadda “Toşkentning yaşil belboği” loyihasi aynan Yangi Toşkent hududidan boşlanadi. Bunda 420 gektar maydonda Markaziy boğ barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi. Bugun uşbu boğda yaxşi niyatlar bilan ming tup daraxt ekiladi. 

Davlat rahbari bu işlarning davomi sifatida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor faslida har bir mahalla hududida mingtadan daraxt ekişni taklif etdi. 

Sözining yakunida Prezident poytaxt Yangi Özbekistonning yuksak taraqqiyot darajasi va salohiyatiga har tomonlama mos bölgan yirik megapolisga, dunyodagi eng gözal va jozibador şaharlardan biriga aylanişiga işonç bildirdi.