Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan ğalla böyiça kelişuv uzaytirilganini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

«Biz 19 martda tugaydigan don şartnomasi muddatini uzaytirdik», dedi Turkiya prezidenti.

Erdöğan ğalla bitimi qaçongaça uzaytirilganiga aniqlik kiritmadi.

Ğalla bitimi – Ukraina portlaridan don va oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz taşiş taşabbusi, şuningdek, «Qora dengiz ğalla taşabbusi» yoki «don bitimi» Rossiya, Ukraina, Turkiya va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti örtasida xavfsiz dengiz koridorini taşkil etiş böyiça kelişuvdir.

2022 yil 22 iyulda Istanbulda imzolangan şartnoma 120 kun (birinçi davr 2022 yil 18 noyabrgaça) amal qildi va keyinçalik 19 martgaça uzaytirilgan edi.

Ukraina dunyodagi eng yirik don eksportçilaridan biridir. Töliq miqyosli bosqin boşlanişidan oldin, Rossiya va Ukraina dunyodagi don eksportining törtdan bir qismini ta’minlagan. Ötgan yilning aprel oyidan boşlab Yevropa Ittifoqi Ukraina ğallasini quruqlik, temiryöl va daryolar orqali «birdamlik yöllari» bilan eksport qilişga kömaklaşmoqda.