Özbekiston U18 jamoasi barça 5ta öyinda ğalabaga erişib, çempionlikni qölga kiritdi. 

Özbekiston yoşlari Turkmaniston (5:0), Eron (14:1), Möğuliston (7:4), Tailand (10:2) va BAAni (8:1) mağlub etişdi.

Töpurarlar poygasida jamoa sardori Jasur Rustamxonov peşqadam böldi. U 5ta bahsda öz hisobiga 26 oçkoni (14 gol va 12 golli uzatma) yozdirib qöydi.

E’tiborlisi, Özbekiston xokkey federatsiyasi uçun yana bir e’tiborli yangilik sodir böldi. David Prokofevdan keyin 19 yoşli Sergey Yermakov ham xalqaro toifadagi hakamga aylandi. Aynan Möğulistonda bölib ötgan çempionatda IIHF hakamlikni rivojlantiriş bölimi boşliği Joel Hansson ÖXF hakamlik bölimi boşliği Vladislav Kiselevga Yermakovning litsenziyasini topşirdi.

Özbekiston xokkey federatsiyasi mamlakat Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev taşabbusi bilan 2018 yilda taşkil etilgan. Uning asosiy maqsadlari mamlakatda xokkeyni rivojlantiriş va ommalaştirişdan iborat. Qilinayotgan işlar öz samarasini bermoqda.