Rossiya prezidenti Vladimir Putin Germaniya tuproğiga qadam qöysa, Xalqaro jinoiy sud talabiga köra hukumat tomonidan hibsga olinadi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri Marko Buşman Bild am Sonntag naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Bu holda XJS tezda Interpolga murojaat qiladi, şuningdek a’zo mamlakatlardan [order] ijrosini amalga oşirişni söraydi. Şunga köra, agar Germaniya hududiga kirsa, Germaniya prezident Putinni hibsga olişga va XJSga topşirişga majbur böladi», — degan GFR adliya vaziri.
Die Zeit naşri qayd etişiça, XJS yurisdiksiyasiga böysunadigan barça mamlakatlar uning qaroriga muvofiq yöl tutişi kerak böladi.
OAV Buşmanning sözlariga e’tibor qaratganidan keyin RF Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin vazirning bayonotiga «huquqiy baho» beriş böyiça topşiriq berdi.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatçisi Mixaylo Podolyak ham bunga munosabat bildirib, «birinçi bölib aynan Germaniya bunga qattiq urğu berişi ramziy ma’noga egaligi»ni ta’kidlagan.
ukrainalik bolalarga nisbatan ommaviy öğirlaş va tajovuzkor zöravonlikni uyuştirgani uçun darhol hibsga olinadi», — degan u.
- 17 mart kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order berdi. Uni Ukrainaning bosib olingan hududidagi bolalarni zöravonlik bilan Rossiya hududiga noqonuniy deportatsiya qilişda gumonlaşmoqda. Şu kabi order RF bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani qölga oliş uçun ham berilgan.
- Kremldagilar XJSning qaroriga javoban Rossiya uşbu sud yurisdiksiyasini tan olmasligini bildirdi. RF TIV order Rossiya uçun «heç qanday ahamiyatga ega emasligi»ni ma’lum qilgan. Putinning özi sud qaroriga heç qanday munosabat bildirmadi.












