Sirdaryo viloyatining Guliston şahrida “Konstitutsiya özimizniki” tarğibot tadbirida sözga çiqqan taniqli aktyor Matyoqub Matçonov qamoqda ötkazgan kunlarini yodga olib, u yerdagi kunlarini duşmaniga ham ravo körmasligini aytdi. 

“Inson qadri toptalgan paytlarni kördik. Boşimizdan ötkazdik ham. Bir neça yil ilgari tuhmat bilan qamab qöyişdi. Erkin san’atkor böliş uçun ozgina tijorat bilan şuğullangan paytim bölgan. Nima uçun qoronği “podval”da yotganimning sababini sörasam, ular notöğri odam bilan şerik bölgansan degan javobni bergan. 

Holatni qarang, men şerik bölgan insonning farzandi kimgadir yoqmay qolgan. Uning farzandi maşinasiga 3,5 kg qoradori solib, 19 yoşli bolani 20 yilga qamaşdi. Şerigimni esa uning otasi bölgani uçun 8 yilga qamaşdi. Meni nima qilişga esa hayron bölib “buni endi nima qilamiz” deb turişgan.

Inson qadri toptalgan vaqtlar esimga tuşsa, közimga yoş keladi. 1,5 oy Gvardeyskiy degan joyda ötirdim. U yerda körgan kunlarimni duşmanimning duşmaniga ham ravo körmayman. Sababi u yerda sizga inson deb emas, balki hayvon sifatida ham murojaat qilişmasdi. Vaholanki, şaxsning aybdorligini faqat sud hal qiladi. Izolyatorda qanday qilib, aybi isbotlanmagan odamni bunçalar xörlaş mumkin. 

Xoh işoning, xoh işonmang öş vaqtda hatto jonimni qurbon qilişga tayyor edim. Çunki orqamda farzandlarim, akam-ukam — oilamning ahvoli qanday keçyapti deb öylardim. Xörlik manaman degan odamni ham sindirarkan. Şunday narsalarning guvohi bölgandan keyin odam hamma narsaga tayyor bölarkan. 

Men uzoqq bormasam kerak, sudgaça bölgan vaqtdayoq jon taslim qilsam kerak deb öyladim. Lekin bitta savol qiynardi — biz insonmiz-ku, nahotki insonni inson şu darajada tahqirlaşi mumkin? U paytda mumkin ekan. 

Allohga behisob şukr, 2016 yil prezidentimiz meni ozod qildi. Nohaq qamalganim isbotlandi. Men uçun haqiqiy mustaqillik 2016 yildan boşlangan. Bu gapni istalgan joyda baralla ayta olaman”, dedi Matçonov.

Qayd etiş joiz, Guliston şahrida taniqli san’atkorlar va siyosatçilar iştirokida ötkazilgan tarğibot tadbirining asosiy mavzulari — bolalar mehnatining tugatilişi, valuta bozoridagi erkinlaşuv, OAV mustaqilligi, oqlovlar kabi islohotlar böldi.

Avvalroq şunday tadbirlar Farğona va Andijon viloyatlarida ötkazilgandi.