«Bunyodkor» stadionida ötgan tadbirda ÖFA prezidenti Abdusalom Azizov, prezident maslahatçisi Odil Abdurahmonov, sportni rivojlantiriş vaziri Adham Ikromov va boşqa rasmiy şaxslar qatnaşib, çempionlarga öz tilaklarini bildirişdi.

Jamoa sardori Umarali Rahmonaliyev sözga çiqib, jamoa ertadanoq jahon çempionatiga tayyorgarlikni boşlaşini aytib, katta yutuqlar oldinda ekanligini ta’kidladi.
Şundan söng futbolçilarga «prezident sovğasi» — «Lacetti Gentra» avtomobillari topşirildi.

Marosim yakuniga yetgaç, ayrim öyinçilar bilan suhbatlaşdik. Turnirning eng yaxşi futbolçisi Abbos Fayzullayevdan «Xorijdan takliflar böldimi?» deb söraganimizda quyidagiça javob berdi: «Hozirça bu borada gaplaşmadik. Hatto hali uyimizga borganimiz ham yöq (kuladi). Huşimizni yiğib olgaç, öylab köramiz.
Bu darajaga kelişimda ota-onam va rahmatli toğamning xizmatlari katta. Ulardan minnatdorman. Bu — boşlanişi. Olğa borişda davom etamiz».

Jamoaning himoya çiziği işonçli öyin körsatib, turnirdagi 6 öyinda atigi 1 bor töp ötkazib yubordi. Markaziy himoyaçi Abduqodir Husanov bilan gaplaşganimizda bu natijaga erişiş oson bölmaganini, ayniqsa, Avstraliyaga qarşi çorakfinal bahsi oğir keçganini aytdi.

Çap qanot himoyaçisi Mahmudjon Mahamadjonovning bobosi nabirasi haqida gapirib, uning yoşligidan paypoqlarni töplab, koptok qilib tepib yurganini, bu kunlarga keliş uçun ança ter tökkanini esga oldi.
Xullas, taqdirlaş marosimi kötarinki ruhda ötdi va çempionlar uyga avtomobillarda qaytişdi.
Muxbir — A’zamjon Izzatillayev,
Tasvirçi va montaj ustasi — Abduqodir Tölqinov










