Xitoy yetakçisi Özbekiston prezidentini Navröz bilan tabrikladi. Si Tszinpinning maktubida Xitoyga davlat taşrifi rejalaştirilayotgani ham aytilgan.
“Özbekistonning milliy bayrami – Navröz ayyomi bilan Xitoy hukumati va xalqi hamda şaxsan öz nomimdan Sizni va Özbekiston xalqini çin qalbimdan muborakbod etişdan ğoyat mamnunman”, deb yozadi Si Tszinpin.
Qayd etilişiça, ötgan yili sentabr oyida Si Tszinpinning Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifi çoğida bölib ötgan muzokaralar natijasida mamlakatlarning strategik hamkorligini yanada rivojlantiruvçi, xalqlar manfaatiga xizmat qiluvçi qöşma bayonot qabul qilingan, davlatlar örtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytiriş istiqbollari belgilab olingan.
“Men Xitoy – Özbekiston munosabatlarini rivojlantirişga katta e’tibor qarataman. Sizning joriy yil may oyiga rejalaştirilgan ilk “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida iştirok etişingizni va Xitoyga davlat taşrifingizni kutib qolaman”, deyiladi Si Tszinpinning maktubida.
XXR yetakçisi Özbekiston prezidenti bilan birgalikda Xitoy – Markaziy Osiyo munosabatlari istiqbollari hamda mamlakatlarning ikki tomonlama hamkorligiga oid katta rejalarini muhokama etişi Özbekiston-Xitoy hamkorligini yanada yuqori darajaga kötarişiga işonç bildirgan.
“Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam soğlik-salomatlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman. Döst Özbekiston xalqiga baxt va farovonlik hamişa yor bölsin!” - deya yakunlangan Si Tszinpin maktubi.

















