2023 yilda Ramazon oyining birinçi kuni 23 mart, payşanba kuniga töğri keladi. Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari kengaşi Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda şunday xulosaga keldi.

Bu haqda Toşkent viloyati hududida Ramazon hilolini kuzatiş jarayonida iştirok etgan idora raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov e’lon qildi.

21 mart kuni imzolangan “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda ötkaziş töğrisida”gi prezident qarori bilan, 2023 yil muborak Ramazon oyining boşlanişi 23 mart kuniga töğri kelişi haqidagi ÖzMIning axboroti ma’lumot uçun qabul qilindi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga Din işlari böyiça qömita va hamkor taşkilotlar bilan birgalikda Ramazon oyini milliy an’ana hamda qadriyatlarga mos va munosib tarzda ötkazişga doir çora-tadbirlarni amalga oşiriş vazifasi yuklatildi.