“Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda köpmillatli butun xalqimizni mamlakatimizda keng nişonlanayotgan muhim sana – Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan çin qalbimdan tabriklab, barçangizga özimning hurmat-ehtiromimni bildiraman. Milliy özligimiz timsoli bölgan mahallalarimiz gözal va betakror Vatanimizda tinçlik va ahillik, özaro hurmat va hamjihatlik makoniga aylangani bilan albatta barçamiz faxrlanamiz”, deyiladi tabrikda.

Qayd etilişiça, özini özi boşqarişning noyob tizimi bölgan bu idoraning nufuzini oşiriş, uni çinakam xalq vijdoniga aylantiriş, huquq va vakolatlarini kengaytiriş, moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlaş borasida keyingi yillarda ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Bu işlar avvalo bandlikni ta’minlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, xotin-qizlar, yoşlar, nuroniy otaxon va onaxonlarga manzilli yordam körsatiş, fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka öqitiş, kambağallikni qisqartiriş hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bilan uyğun holda olib borilayotgani aytiladi.

“Ayniqsa, barça soha va yönalişlar böyiça “mahallabay” işlaş tizimi keng joriy etilib, mahalla raisi, hokim yordamçisi, xotin-qizlar faoli, yoşlar yetakçisi hamda profilaktika inspektoridan iborat ta’sirçan tuzilma faoliyati yölga qöyilgani ijobiy samara bermoqda. Buning tasdiğini mahallalarda tadbirkorlik rivojlanib, yangi iş örinlari, doimiy daromad manbalari yaratilayotgani, barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit mustahkamlanib, jinoyatçilik kamayib borayotgani misolida köriş mumkin. Birgina ötgan yilning özida mahalla faollari kömagida yuz minglab işsiz fuqarolarning bandligi ta’minlangani, 9 ming 400 dan ortiq mahallaning qariyb 3 mingtasi yoki 31 foizida jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmagani şundan dalolat beradi”, deyiladi prezident tabrigida.

Bildirilişiça, mahallalarni obod qiliş, ularning infratuzilmasini rivojlantiriş borasidagi işlar mamlakat qiyofasini tubdan özgartirib, xalq turmuş darajasi va madaniyatini yuksaltirişga xizmat qilmoqda. 2022 yilda “Obod qişloq”, “Obod mahalla” hamda boşqa dasturlar doirasida budjetdan ajratilgan qariyb 27 trillion söm mablağ hisobidan 4 mingta mahallada keng kölamli quriliş va obodonçilik işlari amalga oşirilgani, yuzlab maktab, boğça, tibbiyot maskanlari barpo etilgani va yangilangani, elektr energiyasi, içimlik suvi, tabiiy gaz va issiqlik ta’minoti, yöl va transport tizimlari faoliyati yaxşilangani ta’kidlandi. 2023 yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da uşbu maqsadlar uçun yana 5 ming 800 ta mahallaga 30 trillion söm mablağ yönaltiriladi.

“Eng muhimi, yurtdoşlarimizning ijtimoiy faolligi, öz mahallasi, el-yurtimiz taqdiri va kelajagiga daxldorlik hissi ortib bormoqda. Bu borada “Taşabbusli budjet” dasturi joriy etilgani muhim rol öynamoqda. Uşbu dastur doirasida ilgari surilayotgan takliflar asosida aholi hayotiga taalluqli köpgina dolzarb masalalar öz vaqtida va samarali hal etilmoqda”, deya ma’lum qildi davlat rahbari.