Telegram haqidagi mualliflik kanali asosçisi, rossiyalik Georgiy Lobuşkin ijtimoiy tarmoqning Özbekistondagi statistikasi bilan örtoqlaşdi. 

Uning ta’kidlaşiça, Özbekiston kanallar soni böyiça Rossiyadan keyin ikkinçi öringa çiqib olgan. 

«Köpçilik bilmaydi, lekin hozir Özbekiston Telegram kanallari soni va ularning auditoriyasi böyiça ikkinçi (Rossiyadan keyin) örinda turadi. Özbekistonda Telegram kanallarining umumiy auditoriyasi 740 990 000 kişini taşkil qiladi», deb yozdi u.

Uning sözlariga köra, Özbekistonda Telegram bozori juda faol rivojlanmoqda va juda istiqbolli körinadi. 

Lobuşkinning xabar berişiça, hozir Özbekistonda 123 mingdan ortiq Telegram kanali, 18 mingga yaqin çat bor. 

Şuningdek, foydalanuvçilari soni 1 milliondan oşgan «millioner» kanal Kun.Uz bor.