22 mart kuni Toşkent şahri Olmazor tumani “Islomobod” jome masjidi yangi binosi oçiliş marosimi bölib ötdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Marosimda Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov iştirok etib, yiğilganlarni Ramazoni şarif bilan qutlab, bunday ulkan va körkam, barça qulayliklarga ega masjid bilan tabrikladi.
Ma’lumot berilişiça, uç qavatli “Islomobod” jome masjidi Toşkent şahri Olmazor tumani Sağbon köçasida joylaşgan. 3 qavatli masjid homiylar va saxovatpeşa kişilar yordami bilan qad kötargan. Quriliş işlari 2019 yilning oktyabrida boşlangan bölib, masjid xonaqohida 8 ming kişi, hovlisi va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming namozxonga xizmat körsata oladi. Tahoratxonasi 150 kişiga möljallangan. Bundan taşqari, bino içida ma’muriyat, kutubxona va şu kabi zarur xonalar ham bor.


























