AQŞ rasmiylari Rossiya fuqarosi Sergey Çerkasovni Rossiya razvedkasida işlaganlikda, şuningdek, viza, bank va elektron firibgarlikda aybladi. Bu haqda 24 mart, juma kuni AQŞ Adliya vazirligi ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, rossiyalik hozirda Braziliyadagi qamoqda.

AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotlariga köra, Çerkasov 2012 yilda Braziliyada Rossiya agenti sifatida iş boşlagan. 2018 yilda braziliyalik Viktor Myuller Ferreyra nomi bilan Qöşma Ştatlarga köçib ötgan va u yerda Kolumbiya okrugidagi universitetlardan biriga öqişga kirgan. Tergovçilarning fikriça, rossiyalik tomonidan Amerika Qöşma Ştatlari vizasini oliş va Viktor Myuller Ferreyra nomi bilan bank hisoblarini oçiş firibgarlik holatidir.

Qöşma Ştatlarda u kerakli odamlar bilan aloqalar örnatgan va Amerika fuqarolari haqidagi ma’lumotlarni Rossiya razvedkasiga uzatgan. Öqişni tamomlagandan söng, 2020 yil bahorida Çerkasov Qöşma Ştatlarni tark etgan, ammo davlatning taşqi siyosati haqida ma’lumot oliş uçun mavjud aloqalarni davom ettirgan, deya ta’kidladi Adliya vazirligi.

2022 yil iyun oyida Niderlandiya rasmiylari Rossiya harbiy razvedkasi öz josusini Xalqaro jinoiy sudga işga kiritişga uringani haqida gapirib, uning nomi Sergey Çerkasov ekanini bildirgan edi. Xabar qilinişiça, 36 yoşli Çerkasov XJSda amaliyot ötagan, biroq Niderlandiyaning AIVD razvedka xizmati tomonidan foş qilingan va Amsterdamga yetib kelganida hibsga olingan. Erkak Braziliyaga jönatilgan va u yerda firibgarlikda ayblanib hibsga olingan.

RF Qurolli kuçlari Boş ştabi Boş razvedka boşqarmasi (sobiq «GRU») xodimi tomonidan tahdid «potensial juda yuqori edi», u «yaxşi işlab çiqilgan himoyadan foydalangan, Rossiya va ayniqsa, harbiy razvedka bilan har qanday aloqalarni yaşirgan», deya 2022 yil yozida qayd etib ötgan Niderlandiya razvedka xizmati.

AIVD ma’lumotlariga köra, foş etilgan rossiyalik josus 24 fevraldagi bosqindan keyin Rossiya tomonidan Ukrainada sodir etilgan ehtimoliy harbiy jinoyatlarni tergov qilayotgan XJSga katta zarar yetkazişi mumkin edi.