Özbek olimlari saratonni 99 foizgaça davolaş imkonini beruvçi PSMA-617 preparatini işlab çiqdi. Bu haqda Özbekiston fanlar akademiyasi Yadro fizika instituti direktori, texnika fanlari doktori, professor Ilhom Sodiqov ma’lumot berdi.
«Eng yaxşi natijalarimizdan biri sifatida 2022 yilning iyun oyida röyxatdan ötkazilib, işlab çiqarişga tatbiq etilgan yangi radiofarmatsevtik vektorli terapiya vositasini misol keltiriş mumkin. Bu preparat saraton kasalligini davolaşda nihoyatda samarador bölgan yangi dori vositasi hisoblanadi. Bu dori vositasining bitta dozasi hozirgi kunda AQŞda 70 ming dollar, Yevropa mamlakatlarida 25 ming dollar atrofida sotilyapti. Bizning institutimizda uşbu dorini respublikamizdagi 3 ta onkologik klinikaga 1,5 dollar narx bilan yetkazib beriş yölga qöyildi», dedi professor.
Qayd qilinişiça, bu dori 2018 yildan boşlab bir neçta çet davlatlarda, har biri özi yaratgan texnologiya böyiça işlab çiqarilib, tibbiyotda qöllanilmoqda.
«Biz öz texnologiyamiz böyiça mazkur dorini işlab çiqarişni yölga qöydik. Hozirgi kunda biz işlab çiqarayotgan «lyutetsiy-177» nomli izotop dunyodagi boşqa işlab çiqaruvçilar mahsulotidan 10 barobar toza hamda yuqori sifatli radioizotop hisoblanadi», dedi professor.

Sodiqovning ta’kidlaşiça, bu dori 4-bosqiçdagi saraton kasalligining 97-99 foizgaça tuzalişini ta’minlayapti. Jahondagi tibbiyotçilar revolyutsion dorilar qatoriga kiruvçi bu preparatga «fantastik natija», deb baho berişgan.

















