“Yandeks.Taksi” haydovçilari kartadan tölov qabul qilişni xohlamasligi, buyurtmani bekor qilişni söraşi, bu xizmat monopoliyaga qarşi tartibga solinmayotgani, umuman “mamlakatdagi eng maşhur taksi agregatori soliq tölaydimi yoki yöqmi?”, degan savol özbek jamoatçiligi muhokamalariga sabab bölgandi. Kun.uz uşbu holat yuzasidan tahliliy maqola ham e’lon qilgandi.

Soliq qömitasi mazkur holat yuzasidan izoh berdi. Ta’kidlanişiça, Özbekistonda “Yandeks.Taksi” orqali xizmatlar körsatişdan tuşgan daromadning 84 foizi haydovçilar ixtiyorida qoladi. 

“Yandeks.Taksi”ning Özbekistondagi faoliyati qanday tartibga solinadi?

“Yandeks.Taksi” ilovasi orqali xizmatlarni taqdim etuvçi "Ridetech International B.V." (2020 yil 30 iyungaça u "Yandex.Taxi BV" deb nomlangan) Niderlandiya rezidenti hisoblanadi.

Soliq kodeksiga muvofiq, kompaniya xizmatlarini realizatsiya qilganlik uçun QQS va Özbekistondagi manbalardan olingan norezident daromadlaridan olinadigan soliq tölaşi şart.

Soliq kodeksining 255-moddasiga köra, agar çet el kompaniyalari sotiladigan joyi respublika hududi bölgan Özbekiston yuridik şaxslariga elektron xizmatlar körsatsa, uşbu xizmatlarning xaridorlari soliq agenti deb e’tirof etiladi.

Bugungi kunda respublikada “Yandeks.Taksi” xizmati körsatişni taşkil etuvçi 135 ta yölovçi taşiş agregatori mavjud.

Daromadlar qanday taqsimlanadi?

2021−2022 yillarda Özbekistonda 135 ta yölovçi taşuvçi agregatorning “Yandeks.Taksi” platformasi orqali xizmatlar körsatişdan tuşgan umumiy daromadi 1 trln 59,1 mlrd sömni taşkil etib, quyidagiça taqsimlangan:

  • 84 foizi yoki 889,6 mlrd sömi jismoniy şaxslarga — haydovçilarga;
  • 5 foizi yoki 53 mlrd söm taşuvçi kompaniyalarga;
  • 11 foiz yoki 116,5 mlrd söm —"Ridetech International B.V.''ga.

Qança soliq tölangan?

2021−2022 yillarda —"Ridetech International B.V.'' kompaniyasi tomonidan körsatilgan xizmatlar uçun soliq agentlari tomonidan (116,5 mlrd söm miqdorida) budjetga 17,5 mlrd söm QQS tölangan.