Oltin darvoza köprigi San-Fransisko şahri bilan Marin okrugini boğlab turadi. Köprik – Tinç okeani bilan bevosita tutaşib ketgan San-Fransisko körfazi ustidan qurilgan.

Yangi qurilgan zamonaviy köpriklar uni 12-öringa tuşirib yuborgan. Şunga qaramay köprik dunyoda eng köp rasmga tuşirilgan va yiliga millionlab sayyohlar taşrif buyuradigan maskan hisoblanadi.

Oltin darvoza köprigining umumiy uzunligi – 2737 m, asosiy ötiş yölagi esa – 1280 metr, suv ustidan balandligi 67 metr, ustunlari bilan balandligi esa - 227 metr. Köprik umumiy konstruksiyasining oğirligi – 894 ming tonnani taşkil qiladi.

Kuniga 90-100 ming atrofida transport ötadigan köprikda avtomobillar harakati 6 qatordan (3+3) iborat. Avtomobillarga köprikning janubiy yönalişi böylab harakatlaniş 6 dollardan boşlanadi. Tez yordam, politsiya kabi xizmatlar, velosipedçilar va piyodalar köprikdan bepul ötadi.

Zamonaviy dunyoning yetti möjizasidan biri sifatida e’tirof qilinadigan Oltin darvoza köprigi aslida oltin rang ham emas, uning rangi qizil-töq sariq. Köprikning nomi ötgan asrlarda Kaliforniyadagi oltin vasvasasi davri bilan boğliq.

Bundan taşqari uşbu köprik öz joniga eng köp qasd qilinadigan joylar qatoriga kiradi. Insonlarni bu yöldan qaytariş uçun köprikka kirişda maxsus işonç telefonlari bor, şuningdek insonlarni asrab qoliş uçun ayni kunlarda köprikning yon pastki taraflariga maxsus tör örnatib çiqilmoqda. 90 yillarga kelib köprikdan sakrab vafot etganlar soni mingdan oşib ketgaç, suiqasdlar böyiça rasmiy statistika yuritilmay qöyilgan.

Farrux Absattarov