2023 yil 1 apreldan boşlab Toşkent metropolitenining töliq faoliyat körsatişi vaqti davomida pensiya oluvçilarga bepul xizmat körsatiladi. Bu haqda prezidentning 15 mart kuni tegişli qarori qabul qilindi.

Bunda, Toşkent metropolitenining mazkur bandda körsatilgan xizmatlarni körsatiş evaziga olinmay qolgan daromadlari Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab boriladi.

Ma’lumot uçun, 2017 yilning mart oyi boşidan Toşkent metropolitenida harakatlaniş pensionerlar uçun soat 10:00 dan soat 16:00 gaça bepul bölgan. Yangilik 15 martdan joriy etilgandi.

Metropoliten operatoriga pensionerlik guvohnomasini körsatgan yölovçilarga maxsus (bepul), rangi qizil jyeton beriladi va ular alohida ajratilgan turniketdan ötişi mumkin böladi.

Öşanda bu yangilik tufayli metropoliten köradigan zarar davlat budjeti hisobidan qoplanişi aytilgan.