Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu koalitsiya yetakçilariga sud tizimidagi islohotlarni töxtatib turişini aytdi. 27 mart, duşanba kuni Isroilning Kan teleradioeşittiriş korporatsiyasi şu haqda xabar berdi.
Netanyaxu rasmiy ravişda hali bayonot bermadi, OAV xabarlariga köra, u xalqqa murojaat qilişi kutilmoqda. Boş vazirning ommaviy axborot vositalari tomonidan ertalab e’lon qilingan nutqi boşqa vaqtga köçirildi.
Islohotda vazirlar mahkamasining Oliy sud sudyalarini tayinlaş böyiça vakolatlarini kengaytiriş va uşbu sud organining vakolatlarini çeklaş közda tutilgan edi. Agar qonun loyihasi qabul qilinsa, hukumat amalda sudyalarni tayinlaş ustidan töliq nazoratga ega bölardi. 20 fevral kuni Isroil parlamenti qonun loyihasini birinçi öqişda ma’qulladi.
Isroilda 27 martdan boşlab «Milliy falajlik haftasi» e’lon qilindi - tanqidçilar demokratiyaga tajovuz deb baholagan islohotlarga qarşi qator namoyişlar va iş taşlaşlar haqida ma’lumot berildi. Aksiyaga yirik kasalxonalar qöşila boşladi.
Boş vazir mudofaa vaziri Yoav Galantni lavozimidan ozod qildi. 25 mart kuni u mamlakat hukumatini milliy xavfsizlikni saqlaş maqsadida sud-huquq islohotlarini töxtatişga çaqirdi. «Mamlakat içidagi böliniş Isroil mudofaa kuçlari va tuzilmalariga çuqur kirib bordi, bu Isroil xavfsizligiga aniq va jiddiy tahdid. Men bunga yöl qöymayman», dedi u. The Jerusalem Post naşrining yozişiça, şundan söng Netanyaxu Galantni öz xonasiga çaqirtirgan va şaxsan unga «işonç yöqolgani haqida» aytgan.
Isroilda ommaviy norozilik namoyişlari yanvar oyi örtalaridan beri davom etmoqda.












