Şu kunlarda Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatiga bağişlangan turli davra suhbatlari, uçraşuvlar, event tadbirlari taşkil qilinmoqda.
Taşviqot tadbirlarining navbatdagisi O‘zLiDeP Bektemir tuman kengaşi taşabbusi bilan Qöyliq ulgurji bozori hududida, oçiq osmon ostida taşkil qilindi.

“Xususiy mulk daxlsizligi - erkinlik kafolati” şiori ostidagi uşbu tadbirda O‘zLiDeP Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi vakillari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari, Xalq deputatlari Toşkent şahar va tuman kengaşi deputatlari, bozorning sotuvçi va tadbirkorlari, keng aholi aholi vakillari iştirok etdi.
Uçraşuvda söz olgan partiya vakillari bugun barça sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirişga qaratilgani, Boş qomusimizga kiritiladigan jamiki özgarişlarning negizida ham Özbekistonda keçayotgan islohotlar mohiyatini belgilovçi “Inson qadri uçun” uluğvor ğoyasi yotganini alohida ta’kidlaşdi.
Xalq fikrini örganiş asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillaştiriş yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga kötariş, xalqimiz turmuş farovonligini yanada oşiriş, Özbekistonning dunyodagi eng ilğor davlatlari qatoriga kirişiga ulkan imkoniyatlar yaratadi.
Boş hujjatni takomillaştiriş taşabbusi bilan çiqqan partiya fraksiyasi Konstitutsiyaviy komissiya va joylardagi deputatlar, elektorat bilan birgalikda faol iş olib bordi. Ayniqsa partiyaning asosiy elektorati bölgan, tadbirkorlar, işbilarmonlar, klaster va fermerlar loyihaning muhokamasiga befarq bölmadi, köplab takliflar berişdi, bu özgarişlarni qöllab-quvvatlaşdi. Siyosiy kuçning dasturiy maqsad va vazifalaridan kelib çiqib berilgan takliflar qonun loyihasida aks etgani alohida e’tirofga loyiq.

Şu örinda ta’kidlaş joizki, uşbu özgarişlarning aksariyati tadbirkorlar, fermerlar uzoq kutgan, mulkdorlar qatlami uçun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Masalan, loyihada davlatning bozor munosabatlarini rivojlantiriş, qulay investitsiyaviy va işbilarmonlik muhitini ta’minlaş, halol raqobat uçun şart-şaroitlar yaratişi böyiça majburiyatlari belgilanyapti. Şuningdek, barça












