Özbekiston va Misr yetakçilari suhbatni muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birini qutlaşdan boşlab, döst xalqlarga farovonlik, tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.

Ikki mamlakat yetakçi kompaniyalarining energetika, toğ-kon, çarm va zargarlik tarmoqlari, soğliqni saqlaş va telekommunikatsiya sohalari kabi yönalişlarda aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

Qöşma loyihalarni samarali amalga oşiriş uçun faol muloqotlarni davom ettiriş va qulay şaroitlarni şakllantiriş muhimligi qayd etildi.

Şu maqsadda ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya va Işbilarmonlar kengaşi yiğilişlarini muntazam ötkazib boriş zarurligi ta’kidlandi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almaşildi.