O‘zbekiston | 12:36 / 28.03.2023
32838
2 daqiqa o‘qiladi

9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

“O‘zgidromet” 29-31 mart kunlari kutilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi borligi haqida ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Quyidagi hududlarda yashovchilar sel xavfidan ogohlantirilmoqda:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlari;

Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlari;

Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlari;

Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlari;

Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari;

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari va Angren, Olmaliq shaharlari;

Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlari;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari;

Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahri.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid