Toşkent viloyatida boşlanğiç sinf öquvçilari dars vaqtida uyiga pul olib keliş uçun jönatilgani aytilmoqda. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Toşkent viloyati Oqqörğon tumani “Bayguli” MFYdagi 17-maktab öquvçilari ekani aytilayotgan bolalar, video muallifining dars vaqtida nega uyiga ketişayotgani haqidagi savoliga javoban, ularning portfeli maktabda olib qolingani, öqituvçilari sim-karta sotib oliş uçun 10 ming sömdan pul olib kelişni tayinlaganini aytadi.
“Ustozim aytdi, pul olib kelinglar dedi, 10 mingdan”, deydi uyiga ketayotgan boşlanğiç sinf öquvçisi.
“Sim-karta olar ekan-da, odam yiğar ekan. Maktabimizga narsalar olar ekan”, deydi qölida 10 ming söm bilan maktabga qaytayotgan 2-sinf öquvçisi.
“Menga ham 10 mingdan dedi. Sumkangni taşlab, boringlar dedi”, – deya çöntagida pul borligiga işora qilgan boşqa bir öquvçi.
Toşkent viloyati hokimligi holatni qoralab, örganiş işlari boşlanganini bildirdi.
“Bugungi kunda keng ommalaşib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Open budjet” kampaniyasini bunday talqin qiliş, bolalardan foydalanişni oqlab bölmaydi.
Vaziyat viloyat hokimining örinbosari Otabek Sultonbekov tomonidan nazoratga olindi va örganiş boşlandi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Hokimlikka köra, yaqin soatlarda holat böyiça batafsil va asoslantirilgan axborot beriladi.
Eslatib ötamiz, “Taşabbusli budjet”ning joriy yildagi 1-mavsumi doirasida taşabbuslarga ovoz beriş jarayoni 18 martdan boşlangan. Kampaniya 7 aprelgaça davom etadi.
Ovoz yiğiş jarayonidagi holatlar keng muhokamalarga sabab bölyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda bu jarayonga öqituvçilar, şifokorlar va boğça xodimlari majburlanayotgani haqida yozişmoqda.
«Taşabbusli budjet»da avj palla: qinğirliklar va islohot zaruriyati

















