Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining (YeXHT DIIHB) referendumni kuzatiş missiyasi Toşkentda iş boşladi.
28 mart kuni DIIHB missiyasi OAV vakillari bilan uçraşib, taşkilotning roli, maqsadi, vazifalari va rejalaştirilgan faoliyati haqida ma’lumot berdi.
DIIHB missiyasi rahbari Albert Jonson missiya vakillari Özbekiston hukumatining taklifiga binoan kelgani, referendumga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga doir barça tadbirlarni kuzatib borişini qayd etdi.
«Özbekistondagi Konstitutsiyaviy islohotlar muhim siyosiy va tarixiy jarayon hisoblanadi. Demokratik institutlarning öz metodologiyasi bor. Biz ham kuzatuvlarimiz davomida referendumga tayyorgarlik jarayonlarini, referendumni ötkaziş böyiça huquqiy asoslarga hamda YeXHT talablariga qançalik rioya qilinganini kuzatamiz. Kuzatuv missiyamizning asosiy vazifasi referendumning oçiq va şaffof ötişini kuzatişdan iborat», dedi Jonson.
Uning sözlariga köra, missiya OAV tomonidan qanday yoritilgani ham kuzatib boriladi. Referendumning ertasi kuni dastlabki bayonotlar e’lon qilinadi. Yakuniy xulosalar referendumdan 2 oy ötib taqdim etiladi.
Missiyaning asosiy guruhi 10 nafar ekspertdan iborat. Bundan taşqari, 3 apreldan boşlab missiya tarkibiga 14 nafar uzoq muddatli kuzatuvçilar ham qöşiladi. Ular viloyatlarda referendumga tayyorgarlik va uni ötkaziş jarayonlarini kuzatadi.
















