“Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buzganlik uçun jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga ötkazilayotganligi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Jinoyat kodeksining 189-moddasida savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buzganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilangan. Bunda, tovarlar savdosi yoki xizmat körsatiş qoidalarini juda köp miqdordagi qiymatda (bazaviy hisoblaş miqdorining beş yuz baravari va undan ortiq) buziş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining uç yuz baravaridan olti yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari tarzidagi jazolar belgilangan.
Uşbu moddaning ikkinçi qismida mazkur jinoyatni birinçi marta sodir etgan şaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran öttiz kunlik muddatda savdo yoki xizmat körsatiş qoidalari buzilişining oqibatlarini bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning örnini qoplagan bölsa, javobgarlikdan ozod etilişi belgilangan.
Taklif etilayotgan loyiha bilan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasini yanada kuçaytiriş borasida ular tomonidan tovarlar savdosi yoki xizmat körsatiş qoidalarini juda köp miqdordagi qiymatda buzganlik uçun jinoiy javobgarlikni ma’muriy yurisdiksiyaga ötkaziş belgilanmoqda.
Loyihada bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tovarlar savdosi yoki xizmat körsatiş qoidalarini juda köp miqdordagi qiymatda buzganlik uçun javobgarlik kiritilib, amaldagi Jinoyat kodeksidan mazkur huquqbuzarlik uçun javobgarlik dekriminallaştirilayotgani munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga tegişli tahririy özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda.
















