Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati böyiça boşqarmasi materiallari asosida Davlat moliyaviy nazorati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tekşiruv natijasida Mirzaçöl tumani Xalq ta’limi bölimi faoliyatida qonun buziliş holatlari aniqlangan.
Xususan, örnatilgan tartib-qoidalarga zid ravişda ortiqça sinflar şakllantirilişi, ta’til, iş haqi va ustama pullari ortiqça tölanişi, quriliş-ta’mirlaş işlarida qöşib yoziş, umumiy örta ta’lim maktablaridagi tovar-moddiy boyliklarda kamomadlar mavjudligi va boşqa holatlar natijasida davlatga 1 mlrd 593 mln söm miqdorida zarar yetkazilgan.
Hozirda Mirzaçöl tumani xalq ta’limi bölimi mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) va 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
















