183 nafar sörov ötkazilgan ayolning har uçinçisi turmuş örtoği tomonidan öziga nisbatan zöravonlik sodir etilgan deb biladi. Bu haqda Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati rahbari Manija Bahriyeva ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, 2022 yil dekabr-2023 yil yanvar oylarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Andijon, Navoiy, Samarqand, Toşkent, Farğona viloyatlarida tazyiq va zöravonlikka duç kelgan 183 nafar ayol örtasida tadqiqot ötkazilgan.
Unga köra, 53 foiz respondent hasad qiliş, şaxsiy hayotga aralaşiş, raşkni tazyiq va zöravonlik deb baholaşgan.
Sörov ötkazilgan ayolning har uçinçisi turmuş örtoği tomonidan öziga nisbatan zöravonlik sodir etilgan deb biladi. 26,2 foiz respondent qaynonasi tomonidan zöravonlikka uçraganini ta’kidlagan.
Respondentlarning aksariyati (42,5 foiz) tazyiq va zöravonlik böyiça tegişli joyga murojaat qilingandan söng turmuş örtoğining munosabati ijobiy tomonga özgarganini ma’lum qilgan.
















