Amerikaning The Wall Street Journal naşri jurnalisti Evan Gershkovich Yekaterinburgda qölga olindi, FXX bayonotiga köra, u josuslikda gumon qilinmoqda.

FXX Gershkovich AQŞ topşiriği bilan «Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalaridan birining faoliyatiga oid davlat sirini taşkil etuvçi ma’lumotlarni töplagani»ni da’vo qilmoqda.

FXX tergov bölimi RF JK 276-moddasi («Josuslik») böyiça jinoiy iş qözğagan. Bu modda böyiça ayblov 20 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosini közda tutadi.

The Wall Street Journal FXX bayonotiga asoslangan holda öz jurnalisti qölga olingani haqida xabar bergan, unda naşr «janob Gerşkoviçning xavfsizligidan juda xavotirdaligi» ta’kidlanadi. Aniqlik kiritilişiça, Gershkovich WSJ naşrining Moskva byurosi tarkibida Rossiya haqida yozib kelgan. Köp ötmay naşr xabariga töldiriş kiritib, «FXX ayblovlarini qat’iyan rad etişi va öz muxbiri zudlik bilan ozod etilişini talab qilişi»ni ma’lum qildi.

Evan Gershkovich The Wall Street Journal naşriga qadar Agence France-Presse, The Moscow Times va The New York Times naşrlarida faoliyat yuritgan. U olti yilga yaqin vaqt Rossiyada işlagan. Gerşkoviçning tanişlari aytişiça, u sönggi oylarda Londonda yaşayotgandi, ammo muntazam ravişda Rossiyaga xizmat safarlari amalga oşirgan.

Bu haqda qanday ma’lum böldi?

Amerikalik jurnalist ğoyib bölib qolgani haqida payşanba kuni tongda yekaterinburglik piarçi Yaroslav Şirşikov öz telegram-kanalida xabar bergan. Uning sözlariga köra, Gershkovich «bir neça hafta oldin» undan intervyu olgan, keyin «bir neça kun bemalol işlagan va Moskvaga uçib ketgan».

Şirşikovning hikoya qilişiça, payşanbaga ötar keçasi unga Londondan jurnalistning hamkasbi qönğiroq qilib, Evan Gershkovich 29 mart kuni Yekaterinburgga qaytgani va «9 soatdan buyon» tahririyat bilan aloqaga çiqmayotganini aytgan. Piarçining BBC bilan suhbatda aytişiça, Gershkovich seşanba kuni uçib kelayotganini yozgan va 30 mart kuni uçraşişni taklif etgan.

Şu vaqtda Yekaterinburgdagi «Veçerniye vedomosti» naşri kuçişlatar tuzilmalar xodimlari Karl Libknextdagi Bukowski Grill restoranida bir kişini qölga olgani haqida xabar bergan. Guvohlarning sözlariga köra, «qölga olingan şaxsni olib ketişda uning boşiga sviterni yopişgan - ötkinçilar uning yuzini körmasligi uçun».