“Kelib qoling, olib qoling – arzon tovarlar” 

Şu kunlarda aksar telegram foydalanuvçilari “Musodara tovarlar” yoki “Uzum Market” nomli guruhlarga qöşilib qolyapti.  

“Musodara tovarlar” nomli guruhlar bitta emas, bir neçta. Ularning adminlari guruhga bojxonada musodara qilingan tovarlarni arzon narxlarda sotayotganini e’lon qilgan. Guruhdagi narxlar aql bovar qilmas darajada arzon. Suvtekin tovarlar, asosan, idiş-tovoqlar yoki maişiy texnika kabi mahsulotlar ekanini köriş mumkin.  

Foto: Kollaj: Kun.uz 

Guruhda yoziş çeklangan va buyurtma uçun 50 ta odam qöşiş kerak böladi. (ayrimlarida 80-100ta). Arzon tovarlarga uçgan odamlar guruhga kuniga yuzlab kontaktlarni qöşişadi. Lekin şunda ham guruhga yozib bölmaydi – ellikta kontakt qöşasizmi, yuztami, bot yana bir neçta a’zo qöşişingiz kerakligi haqida xabar yuboradi. 

Guruhga yozib, buyurtma bergan taqdiringizda ham, bu tovarlar yetib kelmaydi. Çunki ularning özi yöq.

Foto: Kollaj: Kun.uz 

Kun.uz bilan suhbatda telegram foydalanuvçisi Nuriddin Nursaidov özi bilan sodir bölgan holat haqida gapirib berdi. 

“Telegramga kimdir “Uzum Market” degan guruhga qöşdi. Tepani körib çiqdim. Qimmat tovarlar arzon narxlarda qöyib taşlangan. Adminlar “bankrot bölgan korxonalarning tovarlarini arzon sotyapmiz” deb e’lon qöygan. Guruhga yozib bölmasdi. Yozişga urinsangiz, “buyurtma uçun guruhga 86ta odam qöşing” degan xabar çiqadi. Guruh a’zolari tinimsiz odam qöşayotgandi. Kuzatdim. Bir-ikki kundan keyin a’zolari 100ga yaqinlaşgaç, guruh nomi özgargan. Yozişmalar, e’lonlar öçirilgan”, – deydi u.  

Foto: Kollaj: Kun.uz 

Darvoqe, firibgarlar “Uzum Market” marketpleysi nomidan foydalanişyapti. Bunday aldovlarga uçmaslik uçun rasmiy manbalarga tayaniş kerak. Kompaniyaning rasmiy sayti bor, unda rasmiy telegram