31 mart kuni eski guvohnomalarni almaştirişning birinçi bosqiçi yakunlanadi. 1 apreldan boşlab 2010 yilgaça berilgan eski “prava”lar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Qonunçilikka köra bunday hujjat bilan maşina boşqariş mumkin emas va buning uçun MJtKning 135-moddasida ma’muriy javobgarlik (bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari (ayni paytda 300 ming söm) miqdoridagi jarima) közda tutilgan.
Qayd etilişiça, 30 mart holatiga 2010 yilgaça berilgan eski “prava”larning aksariyati yangisiga almaştirilgan. Faqatgina işlaş, öqiş va boşqa maqsadlarda xorijda qolayotgan ayrim fuqarolarning haydovçilik guvohnomalari almaştirilmasdan qolmoqda.
Deylik, fuqaro 31 martgaça “prava”sini almaştirişga ulgurmadi. U maşina boşqarmasdan 1 apreldan keyin ham DXM yoki YHXXga borib haydovçilik guvohnomasini bemalol yangisiga almaştira oladimi? Belgilangan muddatdan ötib borgani uçun jarima tölaydimi yoki yöq?
IIV YHXXning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, başarti haydovçilar eski namunadagi haydovçilik guvohnomasini yangisiga almaştira olmaganda, agar ular muddati ötgan hujjat bilan avtomobil boşqarişmasa, ularga nisbatan ma’muriy jazo qöllanmaydi. Ular 1 aprel va undan keyingi sanalarda ham Davlat xizmatlari markazi yoki tuman YHXBga borib muddati ötgan “prava”larini yangisiga almaştirişlari mumkin, bu jarayonda fuqarodan heç qanday jarima undirilmaydi.
Vaqtida almaştirilmagan haydovçilik guvohnoma bilan maşina ruliga ötiriş transport vositasini hujjatsiz boşqariş deb hisoblanadi va bu holat aniqlangan taqdirda YPX xodimlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 135-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi.
Avvalroq Adliya vazirligi 15 mart holatiga 2010 yilgaça berilgan guvohnomalarni yangisiga almaştiriş lozim bölganlar soni 200 mingdan ortiqni, 2010–2012-yillarda berilgan guvohnomalarni yangisiga almaştiriş lozim bölganlar soni











