Voqea haqida dastlabki ma’lumotlar berildi. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga köra, holat 30 mart kuni 10:40 larda Kattaqörğon tumanidagi tovuq fabrikasida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi oqibatida sodir bölgan. Boşqarmaga vafot etgan yoki jarohat olganlar haqida xabar kelib tuşmagan. Çaqnaş oqibatida yonğin sodir bölmagan.

Kun.uz muxbiri Kattaqörğon tumanida bölib, voqea tafsilotlarini örgandi.

«Kattaqörğon parranda» MÇJ boş muhandisi Ne’matillo Hayitovning aytişiça, gaz çaqnaşi sodir bölgan binoda parranda saqlanmagan. Işçilar xona haroratini kötarib, dizenfiksiya qilmoqçi bölişgan. Biroq maxsus qurilmada gaz qamalib qolişi natijasida kuçli çaqnaş yuzaga kelgan. Ikki nafar işçi – çilangan va muhandis yengil tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Boş muhandisning qöşimça qilişiça, jami 200 kvadrat metr joy vayron bölgan va körilgan moddiy zarar taxminan 18 mln sömni taşkil qiladi.

Ma’lumot örnida aytiş mumkin, uşbu fabrikada 370 nafardan ortiq işçi-xodim mehnat qiladi. Xona turli zararkunandalardan zararsizlantirilayotgan vaqtda u yerga yaqin joyda işçilar bölmagani aytildi.

«Kattaqörğon parranda» mas’uliyati çeklangan jamiyati mas’ullari zararlangan bino va uning tasvirlarini olişga rozilik bermadi. Hudud karantin holatida ekanligi aytildi.

Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minot» mas’ul hodimlari çiqib örganiş olib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi suriştiruv işlari olib borilmoqda