Joriy yilning 1 aprel kuni Yangi Özbekiston boğida yoş yigit-qizlar va havaskorlar örtasida duatlon böyiça Özbekiston çempionati ötkazilişi rejalaştirilgan.

Toşkent şahar hokimligi xabariga köra, şu sababli qator köçalarda avtotransport vositalarining harakati çeklanadi.

Soat 07:00 dan 08:00 gaça:

Yangi Özbekiston köçasining Istiqlol köçasidan 3 qavatli yöl ötkazgiçgaça bölgan qismida qisman;

08:00 dan 12:00 gaça:

Yangi Özbekiston köçasining Istiqlol köçasidan 3 qavatli yöl ötkazgiçgaça bölgan qismida har ikki yönalişda töliq;

08:00 dan 12:00 gaça:

Jasorat tor köçasining Jasorat köçasidan Yangi Özbekiston köçasigaça bölgan qismi yopiladi.

Haydovçilarga şu vaqt oraliğida aylanma yöllardan foydalaniş tavsiya qilingan.